Sayt test rejimida ishlayapti! Sayt test rejimida ishlayapti! Sayt test rejimida ishlayapti!

Mahkumlar ijodidan

TARIXING BUYUKDIR O’ZBEKISTONIM!

 

Xalqim sening tarixing buyuk,

Ta`rifing so’zlasam sig’mas dostonga.

Senda kamol topgan zotlarning,

Siyratlari ibrat jahonga.

 

Dovyuraklik timsoli bo’lgan.

Shu zotlarning biridir Shiroq,

Ona zamin qo’rg’oni bo’lib,

Minglab yovga ko’targan tayoq.

 

Vatan sening bog’laring so’lim,

Go’shalaring gulu guliston.

Pok tuprog’ing toptamoq uchun,

Qonli ko’zin tikdi Chingizxon.

 

El ulusning tayanchi bo’lib,

Engilmas u bir jangchi bo’lib,

Ibrat bo’lib minglab o’g’longa,

Jaloliddin chiqdi maydonga.

 

Ona zamin, ona tuproqni,

Halos etdi yovuz dushmandan.

Barpo bilib mulki turonni,

Yovni quvdi ona Vatandan.

 

Sharaf ila tilga olgaymiz,

Amir Temur adolatini.

Butun dunyo e`tirof etgay,

Buyuk zotning kuch-qudratini.

 

Ko’hna Xorazm o’g’lonidir,

Hisob ilmin bilimdonidir.

Kashf etgan noli i beriyo,

Xorazmiyni taniydi dunyo.

 

Nil daryosin hisobin olgan,

Dunyo ahlin hayratga solgan.

Kilometr ilmin bahosi,

Al-Farg’oniy asr dahosi.

 

Muhaddislar imomi bo’lgan,

Hadis ilmin sultoni bo’lgan.

Aziz nomi dillardan o’chmas,

Buxoriyni ayting kim bilmas.

 

Bir yuz oltmish tilda baxs etdi,

Al-Farobiy nota kashf etdi.

Musiqada etti hil ohang.

Kuy va salom bo’ldi hamohang.

 

Aqliy salohiyat qudrati.

Ixtirolar inson fitrati.

Al-Beruniy ilk kashfiyoti,

Globusdir olam hayrati.

 

Hasta dillar quvonchi erur,

Tib ilmining suyanchi erur.

Bitmas ilmiy meros qoldirgan,

Abu Ali ibn Sinodir.

 

Ko’hna Samarqandning asl o’g’loni,

“Ziji Kuragoniy” bizlarga meros.

Mirzo Ulug’bekning aql mash`ali,

Falakiyot ilmiga bo’lgandir asos.

 

Yuksaldi ko’klarga g’azal bo’stoni,

Rom etdi dillarni Hamsa dostoni,

She`riyat mulkining tengsiz sultoni,

Hazrat Navoiydir, Navoiy bobom.

 

Vatan derdi. yurt sog’inchidan,

Ko’ngli yarim shoh Mirzo Bobur.

G’azal mulki - she`riyat aro,

Tengsiz erdi ul Mirzo Bobur.

 

Mustabid tuzumga rozi bo’lmasdan,

Ma`naviy jasorat ko’rsatib har on.

Kurashga shaylandi qo’rqmay hech kasdan,

Behbudiy, Qodiriy. Fitratu Cho’lpon.

 

Mash`um etmish yillik mustabid,

Xalq boshiga ming kulfat soldi.

O’tdi qancha ziyoli, jadid,

Ko’pning qabri Sibirda qoldi.

 

Ilmu ma`rifatdan mosuvo millat,

Kishanga solindi dinu diyonat.

Chorasiz bu elning dardin kim tinglar,

Ma`naviy meroslar edi omonat.

 

Bir asr ezilgan elga erk berib,

Xalqning armoniga bir malham bo’lib.

Hayratga qoldirib jumla jahonni,

Mustaqil deb atadi O’zbekistonni.

 

Elim deb, yurtim deb yonib yashagan,

Bizlarni buyuklik sari boshlagan.

Millionlab o’zbekka edi Yurtboshi,

Millatning abadiy so’nmas quyoshi.

 

Tong otdi nihoyat istiqlol tongi,

Qalblar buni mushtoq bir muddat kutdi.

Bu baxtdan xalqingni yorishdi ongi,

G’animlar ko’ksini bir hasrat tutdi.

 

O’zinga bek bo’lding, sen o’zinga xon,

Tiklandi qadriyat tarix e`tiqod.

Istiqloling bulsin sobit bardavom,

Shunda ajdodlaring ruhi bo’lar shod!